Osmondagi Oy AQShga tegishli — Tramp

eʼlon qilindi
Trampning suratida AQSh bayrog‘i va «Oy bizniki» degan yozuv aks etgan
Foto: Donald Trampning Truth Social sahifasi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social sahifasida osmonda muallaq turgan Oy ham  AQShga tegishli ekanini anglatuvchi post joylashtirdi

Oq uy rahbari Truth Social tarmog‘ida Yerning tabiiy yo‘ldoshi tasvirlangan suratni e’lon qildi. Unda AQSh bayrog‘i va «Oy bizniki» degan yozuv aks etgan.

Trampning bu g‘ayritabiiy bayonotni nima sababdan e’lon qilgani hozircha noma’lum. Vaholanki, 6-sentabr kuni AQSh kosmik tadqiqotlari tarixida Oy bilan bog‘liq muhim sana qayd etilmagan.

Xalqaro shartnoma Oyga egalik qilishni taqiqlaydi

1967-yilda qabul qilingan BMTning Kosmik fazo to‘g‘risidagi shartnomasiga ko‘ra, hech bir davlat Oy yoki boshqa osmon jismlarini o‘z hududi sifatida e’lon qilishi mumkin emas.

Hujjat kosmik fazoni butun insoniyatning umumiy mulki sifatida belgilaydi. Shartnomani 100 dan ortiq davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya va Xitoy imzolagan, ammo doimgidek Amerika yetakchisi xalqaro qoidallarga «tupurgan» holda o‘z bilganidan qolmaydi. 

Tramp yana noodatiy tasvirlarni e’lon qildi

Tramp shu kunning o‘zida Eron xaritasining o‘zgartirilgan ko‘rinishini ham e’lon qildi. Kollajdagi tasvirlardan birida mamlakatning odatiy xaritasi, ikkinchisida esa uning chegaralari Tramp boshining konturlariga o‘xshash shaklda tasvirlangan.

So‘nggi kunlarda AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi noodatiy postlari bilan jamoatchilik e’tiborini tortmoqda.

Avvalroq AQSh zarbxonasi prezident Donald Tramp tasvirlangan bir dollarlik tangalarni sotuvga chiqargandi. Ular, asosan, kolleksion mahsulot sifatida taklif qilinayotgan bo‘lsa-da, federal qonunchilikka ko‘ra nominal qiymati $1 bo‘lgan qonuniy to‘lov vositasi sanaladi.

Shuningdek