Tramp soch turmagini o‘zgartirdi: internetda muhokamalar boshlandi

eʼlon qilindi
Air Force One samolyotidan tushganida Trampning sochlari odatdagidan ancha to‘q rangda ekani ko‘zga tashlangan
Foto: The New York Times

AQSh prezidenti Donald Tramp odatda o‘zining o‘ziga xos oltinrang soch turmagi bilan ko‘rinish beradi. Biroq 4-sentabr kuni u Nyu-Jersi shtatidagi Morristaun aeroportida Air Force One samolyotidan tushganida sochlari odatdagidan ancha to‘q rangda ekani ko‘zga tashlandi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Prezidentning yangi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda virusday tarqalib, tezda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar Trampning soch rangi o‘zgarganini siyosiy vaziyatga bog‘lagan bo‘lsa, boshqalar bu holatni hazil bilan izohladi.

Foto: The New York Times

Trampning yangi ko‘rinishi e’tiborni tortdi

Tramp 4-sentabr kuni dam olish uchun Nyu-Jersidagi Trump National Golf Club Bedminster klubiga yo‘l olgan. Air Force One samolyotidan tushgan paytda uning sochlari avvalgidan sezilarli darajada to‘q, deyarli jigarrang tusda ko‘ringan.

Jurnalist Yashar Ali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qisqa qilib: «Sochlar-chi?» deya yozgan.

Jeopardy shousi g‘olibi Hemant Mehta esa Trampning yangi imijini hazil bilan izohlab, «Agar hamma buni masxara qilishda davom etsa, pariklar urushi boshlanadi», mazmunidagi so‘z o‘yinidan foydalangan.

Foto: The New York Times

Yozuvchi Enn Lamott esa yangi ko‘rinishni ma’qullab, Trampni aktyor Pirs Brosnanga qiyoslagan.

Bu vaqtinchalik o‘zgarishmi?

Tramp 5-sentabr kuni Fox News boshlovchisi Bret Bayer va boshqa hamrohlar bilan golf o‘ynagan. Biroq bu safar u «Tramp hamma masalada haq edi» yozuvi tushirilgan qizil kepka kiygan va sochlari deyarli ko‘rinmagan.

Shu sababli prezidentning yangi soch rangi doimiy o‘zgarishmi yoki faqat bir martalik holat bo‘lganini aniqlash qiyin.

Tramp avval ham o‘zining an’anaviy imijiga o‘zgartirish kiritgan. 2019-yilda u Virjiniyadagi cherkov marosimida sochlarini orqaga taralgan holda namoyish qilgan. Biroq yangi turmak uzoq davom etmagan va prezident keyinchalik odatdagi ko‘rinishiga qaytgan.

Trampning sochlari avval ham muhokama qilingan

Donald Trampning soch turmagi u siyosatdagi faoliyati va prezidentlikdan avvalgi davridayoq jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan.

Yillar davomida uning sochlari parik ekani yoki soch to‘kilishiga qarshi jarrohlik amaliyotidan foydalangani haqida turli taxminlar bildirilgan.

Foto: The New York Times

2016-yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida Tramp «The Tonight Show with Jimmy Fallon» dasturida ishtirok etgan. Shou boshlovchisi Jimmi Fallon prezidentning sochlarini qo‘li bilan silab, ularning tabiiy ekanini ko‘rsatgan.

Hozircha Oq uy Trampning soch rangi o‘zgarishi yuzasidan izoh bermagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social sahifasida osmonda muallaq turgan Oy ham  AQShga tegishli ekanini anglatuvchi post joylashtirgandi.

Shuningdek