Aziz G‘aniyev «Baniyas» klubiga o‘tdi

eʼlon qilindi
28 yoshli futbolchi «Baniyas» bilan shartnoma imzoladi
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev yangi mavsumni Birlashgan Arab Amirliklarida boshlaydi. 28 yoshli futbolchi «Baniyas» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

G‘aniyev bilan shartnoma imzolandi

«Baniyas» o‘zbekistonlik futbolchi bilan kelishuvga erishganini rasman tasdiqladi. Shartnoma klub boshqaruv kengashi a’zosi Ahmad Al Jabriy ishtirokidagi marosimda imzolangan.

Shu tariqa G‘aniyev BAA chempionatidagi faoliyatini davom ettiradigan navbatdagi jamoasiga ega bo‘ldi.

Futbolchining BAA chempionatidagi statistikasi

«Baniyas» G‘aniyevning BAAda to‘p tepgan uchinchi klubi hisoblanadi. Yarim himoyachi avvalroq «Shabab Al-Ahli» hamda «Al-Bataeh» jamoalarida faoliyat olib borgan.

Futbolchi o‘tgan mavsumda BAA chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda u 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

«Baniyas»da o‘zbekistonlik futbolchilar

G‘aniyev «Baniyas» safida to‘p tepgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lmaydi. Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy ham avvalroq ushbu klubda faoliyat olib borgan.

Avvalroq o‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov «Bazel»ga qarshi uchrashuvni to‘liq o‘tkazib, SofaScore tomonidan 6,6 ball bilan baholangndi.

Shuningdek