Toshkentda maktab avtobuslari joriy etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Ota-onalar o‘rtasida maktab avtobuslari haqida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda
Foto: Axios.com

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

So‘rovnoma nima uchun o‘tkazilmoqda

Qayd etilishicha, ota-onalar o‘rtasida maktab avtobuslari haqida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. So‘rovdan asosiy maqsad Toshkentda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganish va ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat.

Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida zarurat bo‘lsa, maktab avtobuslari tizimini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ota-onalardan qanday ma’lumotlar so‘ralmoqda

So‘rovnomada farzandning:

  • yashash hududi;
  • o‘qiydigan maktabi va sinfi;
  • maktabga chiqish vaqti;
  • maktabga qatnashda foydalanadigan transport turi;
  • maktab avtobusiga ehtiyoji bor yoki yo‘qligi

haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Agar oilada bir nechta farzand maktabda o‘qisa, ular haqidagi ma’lumotlar alohida ko‘rsatiladi.

So‘rovnoma bir necha daqiqada to‘ldiriladi

Tashkilotchilar so‘rovnomani to‘ldirish bir necha daqiqa vaqt olishini, undagi javoblar esa o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz qatnovni tashkil etishda foydalanilishini bildirgan.

So‘rovnomada shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilmasligi, natijalar esa faqat umumiy tahlil uchun ishlatilishi qayd etilgan.

So‘rovnomani Telegram bot orqali to‘ldirish mumkin.

Avvalroq yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkentdagi oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smena darslari soat 08:00 da boshlanadigan bo‘lgani va poytaxtdagi 93 ta OTM joylashgan hudud atrofida ertalab soat 8:00 da 44 mingta transport vositasi harakati kamaygani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek