O‘zbekistonda Xitoy universitetlari filiallari ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
Xitoy delegatsiyasi rahbari davlat rahbariga XXR raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi XXR delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish hamda parlamentlararo va partiyalararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Si Szinpinning salomi yetkazildi

Xitoy delegatsiyasi rahbari davlat rahbariga XXR raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.

Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi oshib, Xitoy kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalar soni ortib bormoqda.

Xitoy universitetlari filiallari ochilishi mumkin

Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, oliy va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Parlamentlararo hamkorlik uchun «Yo‘l xaritasi»

Muzokaralar yakunida tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Mazkur hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va institutsional aloqalarni rivojlantirishning navbatdagi yo‘nalishlarini belgilashi kutilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7 – 8-sentabr kunlari ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan borishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek