Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Belgradga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Belgradda muzokaralar o‘tkaziladi
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi tashkil etiladi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi.