«Chaqmoq Makvin» Formula-1 trassasida paydo bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
Maxsus chiqish Formula-1, Disney va Pixar hamkorligida tashkil etilmoqda
Foto: Formula-1 matbuot xizmati

«Mashinalar» multfilmining afsonaviy qahramoni Makvinning nusxasi Formula-1 bo‘yicha Italiya Gran-prisida Monza trassasida paydo bo‘ldi. Bu haqda Formula-1 matbuot xizmati ma’lum qildi. 

«Mashinalar» 20 yoshda

Maxsus chiqish Formula-1, Disney va Pixar hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbir «Mashinalar» animatsion filmi franshizasining 20 yilligiga bag‘ishlangan.

Makvin nusxasi Monza trassasida faxriy aylanishni amalga oshirdi.

Shuningdek, rasmiy xavfsizlik avtomobili — Mercedes-AMG GT 63 PRO ham multfilm uslubidagi maxsus dizaynda namoyish etildi.

Pixar qahramoni va Formula-1 hamkorligi

Multfilm Pixar studiyasi tomonidan Walt Disney uchun ishlangan va ilk bor 2006-yilda ekranlarga chiqarilgan.

Formula-1 va Disney hamkorligidagi mazkur aksiya so‘nggi yillarda avtopoygalarni yosh auditoriyaga yanada yaqinlashtirishga qaratilgan loyihalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq Disney studiyasi mashhur Moana animatsion filmining uchinchi qismi ustidagi ishlarni rasman boshlagani haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek