Shavkat Mirziyoyev Serbiya saroyida tantanali kutib olindi — foto

eʼlon qilindi
Davlat rahbarlari birgalikda suratga tushgach, O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi
Shavkat Mirziyoyevni Serbiya saroyida tantanali kutib olishdi — foto
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida Belgraddagi Serbiya saroyida davlat rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidentini Serbiya Respublikasi prezidenti Aleksandr Vuchich qarshi oldi. Marosim oliy darajadagi muzokaralar boshlanishidan avval tashkil etildi.

Davlat madhiyalari yangradi

Shavkat Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, tantanali marosim doirasida artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, salyut berildi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarlari birgalikda suratga tushgach, O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Serbiyaga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirmoqda

Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgradga kelgan edi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston rahbarini Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi Tamara Vuchich kutib oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga Belgraddagi «Kula Belgrad» osmono‘par binosi O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif dasturidan ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forum ham o‘rin olgan. Uchrashuvlar yakunida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev Serbiyada qanday kutib olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek