Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kungacha o‘chiriladi

eʼlon qilindi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boshlandi
Foto: househappy.co.uk

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli sentabr va oktabr oylarida shaharning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti 5 kungacha vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy xabar berdi.

Qaysi hududlarda issiq suv o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari «Toshkent issiqlik markazi» MChJ tasarrufidagi 1, 3, 4, 5, 6, 7 va 8-issiqlik markazlari, «Toshkent IES» AJning ToshIEMi, shuningdek, «Veolia Energy Tashkent» MChJga qarashli 2-issiqlik markazi, «Sanoatenergo» va «Vodnik» qozonxonalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Issiq suv vaqtincha o‘chiriladigan manzillar va sanalar ro‘yxati e’lon qilingan.

Shuningdek, ayrim lokal qozonxonalarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli ham issiq suv ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Ta’mirlash ishlari nima uchun olib borilmoqda

Ta’mirlash ishlari 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Issiq suv o‘chiriladigan hududlar va aniq sanalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha to‘lov tartibi o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek