Farg‘onadagi shifoxonada hamshiralar pichoqlab ketildi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida jabrlanuvchilardan biri voqea joyida vafot etgan
Foto: gtrksmolensk.ru

Joriy yilning 7-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi markaziy shifoxonada ikki nafar hamshira pichoqlangan. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisining hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolingan. Bu haqda Kursiv Uzbekistan so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Bir kishi voqea joyida vafot etgan

Hodisa oqibatida jabrlanuvchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi jabrlanuvchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uning hayoti saqlab qolingan. Holat aynan qanday muammodan keyin sodir bo‘lgani hozircha noma’lum. 

Gumonlanuvchi ayol ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, o‘qing: Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘tkazilgan kurash musobaqasi fojia bilan yakunlangandi. Musobaqa vaqtida yigit ukasining mag‘lubiyati alamida raqibining otasiga qasddan pichoq sanchib o‘ldirgan. 

Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan ayol protsessual tartibda ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kosonsoyda yigit unashtirilgan qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek