Jorjina to‘ydan keyin Ronalduning shaxsiy samolyotini o‘zgartirdi

9-sentabr 2026 16:54 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Jorjina to‘ydan keyin Ronalduning shaxsiy samolyotini o‘zgartirdi
Foto: NewsX

Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduning shaxsiy samolyotidan o‘z brendini reklama qilish uchun foydalangani aytilmoqda. Match TV ijtimoiy tarmoqdagi postida samolyot tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishga e’tibor qaratdi.

Avval samolyot korpusida Ronalduning CR7 belgisi ko‘rinib turgan bo‘lsa, keyingi tasvirlarda unda «mimoa» yozuvi paydo bo‘lgan.

Samolyotda yangi brend nomi paydo bo‘ldi

Match TV tarqatgan tasvirlarda samolyotning bir qismiga pushti rangda mimoa yozuvi tushirilgani ko‘rinadi.

Nashr buni Jorjina Rodrigesning o‘z brendini targ‘ib qilish uchun samolyotdan foydalangani bilan izohladi. Postda bu o‘zgarish Ronaldo bilan kelishilgan holda amalga oshirilgani ham ta’kidlangan.

Shuningdek, o‘qing: Jorjina Rodriges Ronaldu bergan uzukni nega taqmadi

Avval samolyotda CR7 belgisi bo‘lgan

Foto: Instagram

Taqdim etilgan oldingi tasvirda samolyot korpusida Ronalduning mashhur CR7 belgisi joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu o‘g‘li bir hafta ichida otasining kredit kartasidan $9 mln dan ortiq mablag‘ sarflaganini bilib, uning kartasini «muzlatgani» va akkauntlariga kirishini cheklagani aytilgandi.

Da’voga ko‘ra, Ronaldu ma’lum vaqt davomida o‘g‘liga kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq futbolchi o‘g‘lining xarajatlarini ko‘rib chiqqanida, hisobdagi $1,8 mln miqdoridagi tranzaksiyaga duch kelgan.

Shuningdek