Agrosanoat agentligi sudlarda davlat bojidan ozod qilindi

eʼlon qilindi
Meva-sabzavotchilik subyektlari manfaatlari himoya qilinadi
Agrosanoat agentligi sudlarda davlat bojidan ozod qilindi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda Agrosanoat agentligi sudlarda davlat bojidan ozod qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Meva-sabzavotchilik subyektlari manfaatlari himoya qilinadi

«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga yangi imtiyoz berildi.

Endilikda agentlik o‘zining, shuningdek, meva-sabzavotchilik yo‘nalishida mahsulot yetishtiruvchi va qayta ishlovchi subyektlar hamda issiqxona xo‘jaliklarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga murojaat etganda davlat boji to‘lamaydi.

Shuningdek, o‘qing: Xivadagi qovun festivali jahon rekordini qayd etdi

Imtiyoz ariza, shikoyat va da’volarga tatbiq etiladi

Davlat bojidan ozod qilish fuqarolik va iqtisodiy sudlarga beriladigan arizalar, shikoyatlar hamda da’volarga nisbatan qo‘llaniladi.

Mazkur tartib Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga meva-sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasidagi subyektlarning manfaatlarini sud orqali himoya qilishda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston limon eksporti hajmini 2,2 barobarga oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek