15-sentabrdan dollar va boshqa valyuta kurslarini belgilash tartibi o‘zgaradi

2026-yil 15-sentabrdan Markaziy bank rasmiy valyuta kurslarini hisoblash tartibini o‘zgartiradi. Endi dollar va boshqa xorijiy valyutalar kursini belgilashda nafaqat valyuta birjasidagi, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlar ham hisobga olinadi.
Rasmiy kurs ushbu bitimlarning o‘rtacha tortilgan kursi asosida shakllantiriladi.
Markaziy bankka ko‘ra, bu ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengroq qamrab olish va bozor holatini rasmiy kursda aniqroq aks ettirish imkonini beradi.
Shuningdek o‘qing: O‘zbekistonda naqd valyutani olib chiqish bo‘yicha yangi limit joriy etiladi
Dam olish kunlari kurs qanday belgilanadi
Yangi tartib dam olish kunlarida rasmiy kursdan foydalanish amaliyotini ham aniqlashtiradi.
Shanba, yakshanba va boshqa dam olish kunlari uchun oxirgi ish kunida rasman e’lon qilingan valyuta kursi amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-sentabr kuni qaysi banklarda valyutalarni ayirboshlash mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi.