O‘zbekistondan olib ketilgan tarixiy boyliklar qaytariladi

eʼlon qilindi
Repatriatsiya qilish bo‘yicha komissiya shakllantiriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekistondan turli davrlarda olib chiqib ketilgan noyob tarixiy yodgorliklar, arxeologik ashyolar, nodir qo‘lyozmalar va san’at asarlarini mamlakatga qaytarish uchun maxsus komissiya tuziladi. Bu haqda 10-sentabr prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan taqdimotda so‘z boradi. 

Madaniy boyliklarni izlash va qaytarish tizimlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha taqdimot davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish bo‘yicha komissiya shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakatdan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni tizimli ravishda izlash va ularning huquqiy himoyasini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, tarixiy ashyolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va huquqiy mexanizmlardan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Madaniy merosni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi

Taqdimotda 2027–2035-yillarga mo‘ljallangan Madaniy merosni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Strategiyada moddiy va nomoddiy merosni asrab-avaylash, madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish, tabiiy merosni muhofaza qilish va restavratsiyani rivojlantirish yo‘nalishlari nazarda tutilgan.

Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni takomillashtirish va ularning amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkentda tashkil etilgan yangi Zamonaviy san’at markaziga borib, uning faoliyati va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgandi. 

Shuningdek