Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi Martin Rozenni qabul qildi. Elchi vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda faollashayotgani qayd etildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Baxtiyor Saidov yangi elchiga faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Shuningdek, o‘qing: Shvetsiya va Polshadan 27 nafar o‘zbekistonlik charter reys bilan qaytarildi
Martin Rozen Tomas Danestad o‘rnini egalladi
Martin Rozen 2022–2026-yillarda Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan Tomas Danestad o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik mutaxassislar Shvetsiya mehnat bozoriga tayyorlanishi haqida xabar berilgandi.
Tomonlar migratsiya va mobillik sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, viza tartib-taomillarini soddalashtirish, diplomatik pasport egalari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etish muhokama qilingan.