Raqobat qo‘mitasi aviareyslar kechikkanda to‘lanadigan kompensatsiyalarni o‘rganmoqda

eʼlon qilindi
2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni 4,1 barobar oshdi
Toshkentdan to‘rtta viloyatga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Depositphotos

Raqobat qo‘mitasi mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkanida yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi va iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holatlarini o‘rganmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 barobar oshib, 300 tadan ortiqni tashkil etdi.

Yo‘lovchilar ko‘proq nimadan shikoyat qilmoqda

Murojaatlarda reyslarning bir necha soatga kechikishi, yo‘lovchilarga o‘z vaqtida aniq axborot berilmasligi, sifatsiz xizmat ko‘rsatilishi va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olinishi kabi holatlar qayd etilgan.

Qo‘mita tahliliga ko‘ra, ayrim hollarda tashuvchining aybi bilan kechikkan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilarga kompensatsiya yoki muqobil yechim taklif qilinmagan. Bu esa yo‘lovchilarning vaqti, xarajatlari va rejalari buzilishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, o‘qing: Centrum Air Istanbul aeroportida qolib ketgan fuqaroga kompensatsiya to‘ladi

Kompensatsiya masalasi ochiq manbalar asosida o‘rganilmoqda

Raqobat qo‘mitasi hozir mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkanida kompensatsiya to‘lash amaliyoti va iste’molchilar huquqlariga rioya qilinishini ochiq manbalar asosida tahlil qilmoqda.

Shuningdek, aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi ma’lumotlarni to‘liq taqdim etish va ularni amaldagi qonunchilik talablariga moslashtirish so‘ralgan.

Qo‘mita fuqarolardan havo transporti xizmatlari bo‘yicha taklif va e’tirozlari yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch va Olmaota o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek