Oliy va Konstitutsiyaviy sud tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Senatning 19-yalpi majlisida Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bir qator sudyalar yangi muddatga saylandi, ayrimlari esa lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy sudga to‘rt nafar sudya saylandi
Senat qaroriga ko‘ra, G‘alim Abduxoliqov, Janat Aymaganbetova va Zafar Karimov O‘zbekiston respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimiga 10 yil muddatga saylandi.
Karomatjon Davletova esa Oliy sud sudyasi lavozimiga muddatsiz davrga saylandi.
Sakkiz nafar sudya lavozimidan ozod etildi
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan D. Djurayev, D. Karimov va N. Javliyev Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, A. Abdikarimov, O. Arabov, N. Mirzaalimov, S. Toganov va O. Turdiyev o‘z arizasiga binoan lavozimidan ketdi.
Shuningdek, o‘qing: Agrosanoat agentligi sudlarda davlat bojidan ozod qilindi
Konstitutsiyaviy sudga yangi sudya saylandi

Senatning tegishli qaroriga asosan G‘ayrat Mashkurov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga 10 yil muddatga saylandi.
Karomatjon Davletova esa Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mehnat nizolari bo‘yicha alohida sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.