2 so‘m: dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi

Dollar kursi hafta davomida turlicha tendensiyalarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining o‘zgarishini tahlil qildi.
Hafta davomida dollar kursi bir yo‘nalishda harakatlanmadi: dastlab pasayish kuzatildi, keyingi ikki kunda dollar qimmatlashdi, 10 – 11-sentabrda esa yana pastladi. 11-sentabrdagi kurs 7-sentabrdagi ko‘rsatkichdan ham pastga tushdi.
Dollar haftaning o‘rtasida 11 813 so‘mdan oshdi
7-sentabr kuni dollar 9,70 so‘mga arzonlashib, 11 785,30 so‘mni tashkil qilgan edi. Ertasi kuni vaziyat o‘zgardi – 8-sentabrda kurs 4,03 so‘mga ko‘tarilib, 11 789,33 so‘mga yetdi.

O‘sish 9-sentabrda tezlashdi. Shu kuni dollar birdaniga 23,88 so‘mga qimmatlashib, 11 813,21 so‘mga chiqdi. Bu 7 – 11-sentabr oralig‘idagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Biroq o‘sish uzoq davom etmadi. 10-sentabrda AQSH valyutasi 15,29 so‘mga arzonlashib, 11 797,92 so‘mga tushdi. 11-sentabr uchun belgilangan kursda esa pasayish yana 14,45 so‘mni tashkil etdi va dollar 11 783,47 so‘mga tushdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollarni qayerda foydaliroq ayirboshlash mumkin — banklar kursi
Ikki kunda dollar qariyb 30 so‘m arzonlashdi
9-sentabrdagi 11 813,21 so‘mlik eng yuqori nuqtadan keyin dollar ketma-ket ikki kun pasaydi. Shu davrda uning qiymati jami 29,74 so‘mga kamaydi.
11-sentabrdagi rasmiy kurs 7-sentabrdagi 11 785,30 so‘mlik ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda 1,83 so‘mga past. Hafta ichidagi sezilarli tebranishlarga qaramay, davr yakunida dollar boshlang‘ich darajadan biroz arzonlashgan.
Avvalroq 11-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingan edi.