
Honor kompaniyasining yangi Honor Magic 9 flagman smartfonlari haqida dastlabki texnik tafsilotlar paydo bo‘ldi. Seriyadagi barcha modellar yagona dizayn uslubida ishlab chiqiladi va kamera bloklari o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Magic9 Pro Max ikki 200 MP kamera olishi mumkin
Honor Magic 9 Pro Max’ga 6,8 dyuymli ekran, metall korpus va taxminan 8 800 mA/soat sig‘imli akkumulyator berilishi aytilmoqda.
Modelning asosiy kamera tizimi Leica optikasi bilan jihozlangan ikkita 200 MP sensordan iborat bo‘lishi mumkin. Old panelda esa ikkita kamera joylashtirilishi kutilmoqda.
Smartfon Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 platformasida ishlashi mumkin.
Oddiy Magic9 ixchamroq bo‘ladi
Bazaviy Honor Magic 9 modeli 6,37 dyuymli displey bilan jihozlanishi kutilmoqda. Uning batareya sig‘imi 8 000 mA/soat bo‘lishi mumkin.
Asosiy kamerada ham ikkita 200 MP sensor qo‘llanishi aytilmoqda. Biometrik autentifikatsiya uchun bitta 3D-kamera ko‘zda tutilgan. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlashi kutilmoqda.
Magic9 Super Energy’da 11 000 mA/soat batareya bo‘lishi mumkin
Seriyadagi eng noodatiy model Honor Magic 9 Super Energy bo‘lishi kutilmoqda. Insayder ma’lumotiga ko‘ra, smartfon 6,8 dyuymli ekran, shisha tolali korpus va 11 000 mA/soat sig‘imli ulkan akkumulyator bilan jihozlanadi.
Model 165 Hz yangilanish chastotasiga ega displey, faol sovutish tizimi va Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorini olishi mumkin. Kamera tizimida 200 MP, 12 MP va 50 MP sensorlar qo‘llanishi aytilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Honor Magic 9 Pro Max 200 MP kamerasi namoyish etilgani haqida yozgan edi.