Mirziyoyev va rafiqasi Janubiy Koreyaga yetib bordi

eʼlon qilindi
Prezidentni Seuldagi aviabazada Koreya rasmiylari tantanali kutib oldi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Janubiy Koreya poytaxti Seulga yetib bordi. Prezidentni Seuldagi aviabazada Koreya rasmiylari tantanali kutib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyevning Seuldagi uchrashuvlari

Uch kunlik tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Myon o‘rtasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Koreya milliy assambleyasi spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, mamlakatning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashadi.

Davlat rahbari Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan ham muloqot qiladi.

O‘zbekiston – Koreya biznes forumi o‘tkaziladi

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Koreya biznes forumining ochilishi ham rejalashtirilgan. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Seul va boshqa shaharlarda O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etiladi.

Birinchi Markaziy Osiyo – Koreya sammitida ishtirok etadi

16-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev birinchi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammitida ishtirok etadi.

Tadbir doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Koreya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston yetakchisi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek