Tinim bilmayotgan Mirziyoyev, arosatdagi o‘zbek alifbosi — hafta dayjesti

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan‘ning hafta dayjesti
Foto: prezident matbuot xizmati

Sentabrning yana bir haftasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu hafta ham dunyo va O‘zbekistonda «yoqa ushlashga» arziydigan voqealar sodir bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ketma-ket davlat tashriflari amalga oshirdi, o‘zbek alifbosi esa yana o‘zgarish yoqasida. Shu va shunga o‘xshash xabarlarni Kursiv Uzbekistan‘ning hafta dayjestida o‘qishingiz mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Serbiyada

Shavkat Mirziyoyev Serbiyada qanday kutib olindi
Foto: prezident matbuot xizmati

8-sentabr kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Serbiya poytaxti Belgrad shahriga bordi.

Prezidentning samolyoti Serbiya havo hududiga kirganidan so‘ng unga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qildi.

Belgraddagi Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini Serbiya Respublikasi prezidenti Aleksandr Vuchich hamda uning rafiqasi Tamara Vuchich kutib oldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va oliy martabali mehmonlar sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston va Serbiya strategik sherik bo‘ldi: 20 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Serbiya strategik sherik bo‘ldi: 20 ta hujjat imzolandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Belgradda o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hamkorligining iqtisodiyot, transport, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 20 ta ikki tomonlama hujjat almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy ordeni bilan taqdirlandi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belgraddagi tadbirlar doirasida Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofotni O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Yangi o‘zbek alifbosi Senat tomonidan tasdiqlandi

Yangi o‘zbek alifbosi Senat tomonidan tasdiqlandi
Foto: Senat

Senatning 19-yalpi majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi. Senatorlar hujjatni ma’qulladi.

Qonun bilan amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining tarkibi o‘zgartirilmoqda. Yangi tahrirga ko‘ra, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.

Alifbo mojarosi: OAV yangi o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi

Foto: sun’iy intellekt orqali yaratildi

O‘zbekistonda qonun kuchga kirgach, ommaviy axborot vositalari va rasmiy ish yuritishni yangi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Biroq OAV qachondan yangi alifboda ishlashi bo‘yicha hozircha aniq muddat belgilanmagan. Bu haqda 10-sentabr kuni Senat majlisida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev ma’lum qildi

OAV uchun yagona alifbo joriy qilinadi

Masala senator Husan Ermatov tomonidan ko‘tarildi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston lotin yozuviga o‘tishni hali to‘liq yakunlamagan. Ayrim gazetalar hanuz kirill yozuvida chop etilmoqda.

Savodsiz avlod shakllanishi mumkin — yangi alifbo haqida jamoatchilik qanday fikrda

Новые буквы, старая проблема: вопрос алфавита снова в центре внимания
Foto: Kursiv Uzbekistan

Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlarni ma’qullagach, ijtimoiy tarmoqlarda qaror yuzasidan faol muhokamalar boshlandi. Foydalanuvchilar, asosan, darsliklarning turli vaqtda yangilanishi, o‘quvchilarning bir necha yozuv variantiga duch kelishi, alifboning barqarorligi hamda o‘zgarishlarning amaliy zarurati haqida savollar bermoqda.

Yaqin Sharqdagi urush sabab neft narxi «uchmoqda»

Neft narxi
Foto: depositphotos

Jahon bozorida Brent markali neft narxi chorshanba kuni bir barrel uchun 100 dollardan oshdi.

Narxlarning keskin ko‘tarilishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi yangi zarbalar, shuningdek, Yamandagi husiylarning Saudiya Arabistonidagi neft infratuzilmasiga hujumlarini davom ettirayotgani sabab bo‘ldi.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Brent narxi so‘nggi marta iyul oxirida, AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilgan paytda shunday darajada bo‘lgan. Keyinchalik kotirovkalar biroz pasayib, bir barrel uchun 99,90 dollar atrofida savdolangan, biroq Yaqin Sharqdagi yangi keskinlashuv narxlarni yana yuqoriga olib chiqishi mumkin.

Yamanda to‘ntarish: Husiylar mamlakat port shahrini egalladi

Foto: Vesti.ru

Yamanning g‘arbiy sohilidagi strategik Moha port shahri Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar nazoratiga o‘tdi. Guruh, shu bilan birga, Qizil dengizdagi Hanish orollari tomon ham siljigan. Bu husiylarning Yaman sohilini egallash va muhim Bab al-Mandab bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi hujumining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Sindarov Karlsenga imkoniyatni boy berdi, jamoasi ham yutqazdi

Foto: Global Chess League 2026

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonning Bangalor shahrida o‘tayotgan Tech Mahindra Global Chess League – 2026 turnirining to‘qqizinchi turida sobiq jahon chempioni Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.

Ushbu natija FYERS American Gambits va PBG Alpine Pipers o‘rtasidagi jamoaviy bahs yakuniga ham ta’sir qildi. Uchrashuv 9:7 hisobida PBG Alpine Pipers foydasiga yakunlandi. G‘alabadan so‘ng Karlsen jamoasi turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Mirziyoyev va rafiqasi Janubiy Koreyaga yetib bordi

Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Janubiy Koreya poytaxti Seulga yetib bordi. Prezidentni Seuldagi aviabazada Koreya rasmiylari tantanali kutib oldi.

Uch kunlik tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Myon o‘rtasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkaziladi. 16-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev birinchi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammitida ishtirok etadi.

Shuningdek