Samsung Galaxy S26 Ultra uchun 200 dollar chegirma e’lon qilindi

14-sentabr 2026 08:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra uchun 200 dollar chegirma e’lon qilindi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi AQSh bozorida Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun yangi aksiya boshladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Xaridorlar qurilmani eski smartfonini topshirmasdan ham $200 chegirma bilan sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, ularga $150 miqdorida Samsung Credit taqdim etiladi.

Chegirma barcha xotira variantlariga amal qiladi

SamMobile ma’lumotiga ko‘ra, $200 chegirma Galaxy S26 Ultra’ning 256 GB, 512 GB va 1 TB xotirali barcha versiyalariga tatbiq etiladi.

Agar xaridor eski qurilmasini trade-in dasturi orqali topshirsa, umumiy tejash miqdori $720 gacha yetishi mumkin. Trade-in’siz xarid qiluvchilar uchun esa $200 chegirma saqlanib qoladi.

Xaridorlarga yana $150 Samsung Credit beriladi

AQShdagi Galaxy S26 Ultra xaridorlari chegirmadan tashqari $150 Samsung Credit ham oladi. Ushbu mablag‘ni Samsung aksessuarlari yoki boshqa mos mahsulotlarni xarid qilish uchun ishlatish mumkin.

Kreditni kompaniyaning boshqa to‘plamli chegirmalari bilan birga qo‘llash imkoniyati ham mavjud. Masalan, aksiya doirasida Galaxy Buds 4 Pro’ni $75, Galaxy Watch 9’ni $237 va Galaxy Watch Ultra 2’ni $480 evaziga olish mumkinligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri alaxy S26 va S26 Ultra’ning tiklangan versiyalarini sotuvga chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek