Toshkentda 14-sentabrdan 22-oktabrgacha rejali tarzda ichimlik suvi o‘chiriladi

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari sabab 14-sentabrdan 22-oktabrgacha barcha tumanlarning ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi yoki bosimi pasayadi.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ ma’lumotiga ko‘ra, ishlar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasi hamda 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib boriladi.
Suv qaysi kunlari va qayerlarda o‘chiriladi
| Sana va vaqt | Tuman | Asosiy mahalla va hududlar |
|---|---|---|
| 14-sentabr 09:00 – 15-sentabr 09:00 | Yunusobod | Yangishahar tor ko‘chalari, Chinobod ko‘chasi, Manzara TJM, High Town City va ayrim boshqa obyektlar |
| 16-sentabr 09:00 – 17-sentabr 14:00 | Yashnobod | Amir Temur, Tuzel, Vatandosh, Tong, Moxinur, Al-Buxoriy, Go‘zal, Olmos, Dilbog‘, Navro‘zobod, Yashnobod, Birlashgan, Parvoz, Aviasozlar, Nodira, Xosiyatli, Shohimardon, Donishmand, Shoxsanam, Katta Yangiobod, Behizor, Tarnovboshi, Yangiqo‘rg‘on, Fazogir, Iltifot, Do‘stobod, Uchchinor, Oydinko‘l, Bunyodkor, Semurg‘, Mashinasozlar, Fidoyilar, Alimkent, Qadriyat, Maxmur, Ahmad Yassaviy, Beshbola, Jo‘rabek, Asalobod, Jarqo‘rg‘on |
| Mirzo Ulug‘bek | Geologlar, Temuriylar, Sarbon, Gulzorobod, Ko‘hna Mevazor, Shukur Burhonov, Alisher Navoiy, Katta Qorasuv, Oltintepa, Avayxon, Yangi Avayxon, Chingeldi, Ijodkor, Alisherobod | |
| Mirobod | Tong yulduzi, Istiqlolobod, Inoqobod, Navro‘z, Yangi zamon, Furqat, Temiryo‘lchilar, Birodarlik, Zaminobod, Banokatiy, Abdurauf Fitrat, Oltinko‘l, Qorasuv, Sarako‘l | |
| Sergeli | Qo‘shqo‘rg‘on, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Junariq, Yuqori Darxon, Qut-baraka, Qumariq, Bunyodobod, Oltin vodiy, Yangi Bunyodobod, Sergeli-6 va boshqa hududlar | |
| Yangihayot | Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Zarbdor, Fayzli, Toshkent | |
| Yakkasaroy | Boshliq, Armug‘on, Qushbegi, Dilbuloq, Muhandislar, Bobur, Damariq | |
| 21-sentabr 09:00 – 22-sentabr 14:00 | Chilonzor | Chilonzor, 1-Katta Chilonzor, 2-Katta Chilonzor, Katta Qozirabod |
| Sergeli | Oltin vodiy, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa | |
| Yakkasaroy | Yakkasaroy, Meros, Muqimiy, To‘qimachi, Dilbuloq, Muhandislar, Rakat | |
| 23-sentabr 09:00 – 24-sentabr 14:00 | Mirzo Ulug‘bek | Bahor, Alpomish, Bog‘i maydon, Bo‘z-2, Lashkarbegi, Navnihol, Nodirabegim, Oliyhimmat, Sayram, Sho‘rtepa, Shahriobod, Habib Abdullayev, Olimlar |
| Yunusobod | TashGRES mavzesi, Bobodehqon, Oqtepa, Otchopar, Oltin meros, Obod, Posira, Sevinch, Qadrdon, Beg‘ubor, Mehnatobod, Choshtepa, Uvaysiy, Yurtobod, Hamkorobod, Hasanboy, Anorzor | |
| 28-sentabr 09:00 – 29-sentabr 15:00 | Yunusobod | Yunusobod 4, 6, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 19-mavzelari, Bobodehqon, Hasanboy, Yunusobod, Chinobod va Yangishahar ko‘chalari |
| Olmazor | Ahil, Moyariq, Nihol, Yuqori Beshqo‘rg‘on | |
| 5-oktabr 09:00 – 6-oktabr 15:00 | Yunusobod | Usta Shirin, Turkqo‘rg‘on, Iftixor, Jomiy, Yangiariq, Shahriston, Husnobod, Otchopar-1, Otchopar-2 |
| Shayxontohur | Taxtapul, Koxota, Yangi Kamolon, Labzak, Kamolon, Shayxontohur, Kamolon darvoza, Janggoh, Qoratosh, O‘rda, Chaqar, Xadra, O‘qchi, Olmazor | |
| Chilonzor | Toshkent shahar hokimligi, Bojxona qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va ayrim boshqa obyektlar | |
| 7-oktabr 09:00 – 8-oktabr 15:00 | Mirzo Ulug‘bek | Temuriylar, Sarbon, Gulzorobod, Ko‘hna Mevazor, Chingeldi, Ijodkor, Alisherobod, Geologlar |
| Yashnobod | Jarboshi, Hilol, Arg‘in, Toshisti, Mohirlar, Tovkentepa, Bog‘bon, Qalqon, Olmos, Uysozlar, O‘rta masjid, Katta Qo‘yliq, Qo‘yliqobod, Yosh avlod, Mumtoz, Yangiqo‘rg‘on, Uchchinor | |
| Bektemir | Mirishkor, Rohat, Zilola, Iqbol, Chashma, Majnuntol, Iyk ota, Gulbog‘, Abay, Husayn Boyqaro, Bektemir, Oltintopgan, Nurafshon, Musaffo, Sohil, Nurli yo‘l, Ustozlar | |
| Sergeli | Qo‘xna Qumariq, Nomdanak, Qorasuv, Daryobo‘yi, Eski Jaloir, Qipchoq, O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Ziynat, Ezgulik, Madadkor, Ittifoq, Nilufar, Yangi Bunyodobod, Asrobod, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Belarik, So‘g‘diyona, Qumariq, Qo‘shqo‘rg‘on, Sofdil, Sadoqat, Xontepa, Xonobod va boshqa mahallalar | |
| Mirobod | Fayziobod, Oq uy, Bayot, Qo‘yliq ota, Ziyonur, Yuksalish, Chinor, Bilimdon, Tolariq, Yangi Qo‘yliq, Parvona, Baratxo‘ja | |
| Yangihayot | Tashabbus, Yangi Umid, Yangihayot, Oriyat, Marhamat, Gulshanobod, Yangi turmush, Yangi Darxon, Navqiron, Mash’al, Zarbdor, Do‘stlik, Charog‘on, Humo, Olchazor, Xushnud, Chorbog‘, Yorqin hayot | |
| 12-oktabr 09:00 – 13-oktabr 12:00 | Yunusobod | Jomiy, Registon, Naqshbandiy va Iftixor ko‘chalari, Bog‘iravon ko‘chasi 55-uy |
| 14-oktabr 09:00 – 15-oktabr 15:00 | Olmazor | Taraqqiyot, Qorasaroy, Namuna, Guruchariq, Hazrati Imom, Chimboy, G‘ani Azamov, Orzu, Ziyo, Universitet, Ziyokor, Mirzo G‘olib, Chig‘atoy, Oqtepa, Shifokorlar, Allon, Chig‘atoy darvoza |
| Shayxontohur | O‘zbekiston, Beltepa, Zafarobod, Huvaydo, Ipakchi, Ko‘kcha, Shofayz, Bo‘ston | |
| Uchtepa | Degrez, Bog‘i chinor, Begobod, Qoriyog‘di, Xondamir, Nishabariq, Sharq yulduzi, Shofayz bog‘i, Paxtakor, Ko‘kcha, Oqtepa, Jurjoniy, Abdulla Qodiriy, Beshqayrog‘och, Hayratiy, Davlatobod | |
| 19-oktabr 09:00 – 20-oktabr 15:00 | Yunusobod | Sohibkor, Oqtepa, O‘qituvchilar va Chinobod tor ko‘chalari, Yangishahar tor ko‘chalari, Otchopar, Obiravon, Manzara TJM, High Town City |
| 21-oktabr 09:00 – 22-oktabr 14:00 | Chilonzor | 1-Charx Kamolon, 2-Charx Kamolon, 3-Charx Kamolon, Novza, 2-Katta Chilonzor, 3-Katta Chilonzor, Chilonzor, Dilobod, Xalqlar do‘stligi, Beshchinor, Diyor, Qozirabod, Naqqoshlik, Katta Do‘mbirobod, Do‘mbirobod, Gavhar, Nafosat, Oqtepa, Yakkabog‘ |
Shuningdek o‘qing: Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kungacha o‘chiriladi
Suvsiz qolgan hududlarga maxsus mashinalar yuboriladi
«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ ma’lumotiga ko‘ra, suv vaqtincha bo‘lmagan joylarga ichimlik suvi tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. Markaziy dispetcherlik xizmatining telefon raqamlari: (+998 71) 256-10-95, 252-60-08 va 1054.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Zarafshonda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi. Toshkent shahri va Navoiy viloyatida ichimlik suvi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 468,4 mln so‘mlik suvdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.