O‘zbekiston va Janubiy Koreya qaysi sohalarda hamkorlik qiladi

Seuldagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo, investitsiya, transport, ta’lim, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar almashildi. Marosim prezident Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon huzurida bo‘lib o‘tdi.
Transportdan sun’iy intellektgacha
Qabul qilingan hujjatlar transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak va tibbiy mahsulotlarni tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha ham bitimlar tuzildi.
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Janubiy Koreya 12 mlrd dollarlik yangi loyihalarni tayyorladi
Ta’lim sohasida ham hamkorlik kengayadi
Hujjatlar oliy, maktab va maktabgacha ta’lim sohalarini ham qamrab oladi.
Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish va arxiv ishi bo‘yicha ham hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Janubiy Koreya 13 ta hamkorlik hujjatini imzoladi
Tomonlar ushbu hujjatlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarni Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrifdan boshlagani haqida xabar berilgandi.