Shavkat Mirziyoyev Koreya Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
«Elektron parlament» loyihasi amalga oshirilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Koreya Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 15-sentabr kuni ushbu mamlakat Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parlamentlararo hamkorlik muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda ikki mamlakat parlamentlari muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Hozirda parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyat yuritmoqda, delegatsiyalarning muntazam tashriflari tashkil etilmoqda. Shuningdek, ikki davlat qonun chiqaruvchi organlarining tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: prezident matbuot xizmati

«Elektron parlament» loyihasi amalga oshirilmoqda

Milliy Assambleya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasida «Elektron parlament» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Tomonlar ushbu loyiha parlament faoliyatini raqamlashtirish va qonun chiqaruvchi organlar ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Kelishuvlar ijrosini parlament nazoratiga olish taklif qilindi

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi bitimlarning amalga oshirilishi ustidan parlament monitoringini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida alohida hamkorlik mexanizmini yaratish taklif qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Ziroat Mirziyoyeva Koreya Milliy saroy muzeyiga borgani haqida yozgan edi.

Shuningdek