Adiz Boboyevga yangi «zam»lar tayinlandi

eʼlon qilindi
Rasmiy delegatsiyalar bilan ishlash va turizm yo‘nalishlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimligida rasmiy delegatsiyalar bilan ishlash va turizm yo‘nalishlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Qobilov yangi lavozimga tayinlandi

Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan Rustam Qobilov viloyat hokimining rasmiy delegatsiyalar tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Qobilov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Jo‘rabek Suyunov ham lavozimga tayinlandi

Shuningdek, Jo‘rabek Suyunov Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U mazkur lavozimga qadar Samarqand viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Shu tariqa viloyat hokimligida rasmiy delegatsiyalar bilan ishlash hamda turizm va madaniyat yo‘nalishlari uchun mas’ul rahbarlar tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.

Avvalroq polkovnik Abdumajid Shermuxamedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Shuningdek