Lotte Group O‘zbekistondagi turizm markazlarini boshqarishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida Lotte Group raisi Shin Don Bin bilan uchrashdi. Unda kompaniyaning O‘zbekistondagi turizm markazlarini boshqarish va mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari Lotte Group O‘zbekistondagi yirik koreys investorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Tomonlar uzoq yillik hamkorlik natijalarini ham ko‘rib chiqdi.
Turizm va mehmonxona biznesida yangi rejalar muhokama qilindi
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Janubiy Koreya qaysi sohalarda hamkorlik qiladi
Uchrashuvda Lotte Group’ning O‘zbekistondagi turizm markazlarini boshqarish hamda mehmonxona biznesida xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari asosida developerlik loyihalarini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik ko‘rib chiqildi
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Janubiy Koreya 12 mlrd dollarlik yangi loyihalarni tayyorladi
Tomonlar mis folgasi ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollariga ham e’tibor qaratdi. Uchrashuvda Ustyurt gaz-kimyo majmuasining muvaffaqiyatli faoliyati alohida qayd etildi.
Ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilib borish uchun maxsus ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansi tuzilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.