Toshkent metrosi yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord «urdi»

eʼlon qilindi
Bu metro tarixidagi navbatdagi rekord
Foto: Toshkent metropoliteni

14-sentabr kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1 mln 166 ming yo‘lovchi foydalandi. Bu metro tarixidagi kunlik yo‘lovchi tashish bo‘yicha navbatdagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» AJ ma’lum qildi.

Yo‘lovchilar oqimining oshishiga mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlangani ham ta’sir ko‘rsatgan.

Avvalgi rekord may oyida qayd etilgandi

Toshkent metrosida avvalgi rekord 2026-yil 8-may kuni qayd etilgan. O‘sha kuni metropolitendan 1 117 061 nafar yo‘lovchi foydalangan.

Shunday qilib, 14-sentabrdagi yangi ko‘rsatkich avvalgi rekorddan 48 489 nafarga ko‘p bo‘ldi.

Mutaxassislar yo‘lovchilar oqimining o‘sish tendensiyasi davom etishini kutmoqda. Xususan, oktabr oyida metropolitendan bir kunda 1,2 mln nafargacha yo‘lovchi foydalanishi prognoz qilinmoqda.

1,2 mln-yo‘lovchiga maxsus sovg‘a beriladi

«Toshkent metropoliteni» 1,2 millioninchi yo‘lovchini alohida aniqlash va unga maxsus imtiyoz yoki sovg‘a taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Mazkur tashabbus yo‘lovchilar oqimining yangi rekordini ramziy tarzda nishonlash va yo‘lovchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Metropoliten parki yangi poyezdlar bilan to‘ldirildi

Yo‘lovchilar oqimi ortib borayotgan sharoitda metropolitenning harakat tarkibini yangilash ishlari ham davom ettirilmoqda.

2026-yil davomida xarid qilinib, Toshkent metropoliteniga olib kelinishi rejalashtirilgan 14 ta zamonaviy harakat tarkibining barchasi vagonlar parkiga yetkazib berilgan.

Metropoliten ma’muriyati poyezdlar harakatini yo‘lovchilar oqimining real holatidan kelib chiqib muvofiqlashtirib borayotganini bildirgan.

Avvalroq Toshkentda avtobus va metro uchun bir martalik elektron yo‘lkira narxini 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mga oshirish taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek