Samsung Galaxy A08 smartfoni taqdim etildi

eʼlon qilindi
Foto: Samsung

Samsung yangi budjet smartfoni – Samsung Galaxy A08 modelini taqdim etdi. Model avvalgi Galaxy A07’ga nisbatan kattaroq batareya va yaxshilangan IP64 himoyasini oldi. Qurilma Android 17 va One UI 9.0 bilan sotuvga chiqadi.

Galaxy A08 6,7 dyuymli ekran bilan jihozlandi

Galaxy A08 6,7 dyuymli PLS displeyga ega. Ekran o‘lchami 1600×720 pikselni tashkil etadi. Old kamera uchun ekran yuqori qismida U shaklidagi kesma saqlab qolingan.

Smartfon MediaTek Helio G99 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotira bilan taklif qilinadi. Bundan tashqari, microSD kartasi orqali xotirani 2 TB gacha kengaytirish mumkin.

Batareya sig‘imi 6000 mA/soatgacha oshirildi

Yangi Galaxy A08’ning batareya sig‘imi 6000 mA/soatni tashkil etadi. Bu Galaxy A07’dan 1000 mA/soatga ko‘p. Smartfon USB-C orqali 25 Vt quvvatli simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung 6 yil yangilanish va’da qilmoqda

Galaxy A08 Android 17 operatsion tizimi va One UI 9.0 interfeysi bilan ishlaydi.

Samsung smartfon uchun oltita yirik Android yangilanishi hamda olti yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishini ma’lum qildi.

Bu esa Galaxy A08’ni budjet segmentidagi uzoq muddat qo‘llab-quvvatlanadigan modellardan biriga aylantiradi.

Asosiy kamera 50 MP

Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP sensor bilan jihozlangan. Unga qo‘shimcha 2 MP sensor o‘rnatilgan. Old kameraning aniqligi esa 8 MP ni tashkil etadi.

Galaxy A08 Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3 va ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 3,5 mm quloqchin porti ham saqlab qolingan. Biroq smartfonda NFC mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 FE narxini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek