Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

eʼlon qilindi
STEM fanlari va xorijiy tillarga e’tibor qaratiladi
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Ta’lim muassasasida 260 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchi tahsil olishni boshlagan.

STEM fanlari va xorijiy tillarga e’tibor qaratiladi

Maktab-internatdagi o‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga kiruvchi matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda axborot texnologiyalari fanlariga alohida e’tibor beriladi.

O‘quvchilar mazkur fanlarni chuqur o‘rganish bilan birga, turli loyihalar ustida ishlaydi, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi va mustaqil tadqiqotlar olib boradi.

Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Milliy fanlar ham o‘quv dasturidan keng o‘rin olgan

Maktab dasturining muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatini o‘rganishga ajratilgan.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, yoshlarga zamonaviy ta’lim berish bilan birga, ularda Vatanga muhabbat, milliy o‘zlik va madaniyat bilan bog‘liqlik tuyg‘usini ham shakllantirish zarur.

«Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur», — deb yozdi u.

Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek