Los-Anjelesda vertolyot qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

AQShning Los-Anjeles shahridagi Chatsworth hududida vertolyot qulashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda BBC Los Angeles Fire Department ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Vertolyot ikki tijorat binosi orasiga qulagan
Hodisa seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 ga yaqin Lurline Avenue va Nordhoff Street hududida sodir bo‘lgan.
Los Angeles Fire Department vakilining ma’lum qilishicha, vertolyot ikki tijorat binosi orasiga qulagan. Hodisa ortidan ikkita yuk konteyneri va bir nechta avtomobil yonib ketgan. Yong‘in keyinchalik o‘chirilgan.
Bir kishi voqea joyida vafot etgan
LAFD kapitani Branden Silvermanning aytishicha, bir kishi vertolyot tashqarisida topilgan va voqea joyida vafot etgani qayd etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha vertolyot ichida nechta odam bo‘lgani va jabrlanganlarning umumiy soni to‘liq aniqlanmagan. Los-Anjeles politsiyasi qulagan vertolyot ularga tegishli emasligini ma’lum qilgan.
Hodisa sabablarini NTSB o‘rganadi
Vertolyotni kim boshqargani hozircha rasman ma’lum emas. Mahalliy OAVlarda u yaqin atrofda sodir bo‘lgan, o‘lim bilan yakunlangan avtobus hodisasini yoritish uchun uchayotgan yangiliklar vertolyoti bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. AQSh Milliy transport xavfsizligi kengashi hodisa yuzasidan tergovga rahbarlik qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Suriyada qurol ombori portlashi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.