O‘zbekistonning Shaxmat olimpiadasidagi birinchi raqiblari ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Birinchi tur uchrashuvlari 16-sentabr kuni soat 15:00 da boshlanadi
Xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilar qancha pul oladi
Foto: Pexels.com

Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining birinchi tur juftliklari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonning uchta jamoasi dastlabki turda Yamayka, Afg‘oniston va Mali terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Birinchi tur uchrashuvlari 16-sentabr kuni soat 15:00 da boshlanadi.

O‘zbekistonning birinchi raqiblari

Grafik: Uzchess

Asosiy O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turda Yamaykaga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

O‘zbekiston 2 jamoasi Afg‘oniston bilan uchrashadi. Bu bahsda O‘zbekiston vakillari oq donalarda o‘ynaydi.

O‘zbekiston 3 jamoasining dastlabki raqibi esa Mali bo‘ladi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston vakillari qora donalarda bahs olib boradi.

Shuningdek, o‘qing: Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilarini tabrikladi

Birinchi turdagi ayrim boshqa juftliklar

Birinchi turda Iroq — AQSh, Hindiston — Tailand, Xitoy — Uganda, Farer orollari — Germaniya, Niderlandiya — Gonkong, Marokash — Ozarbayjon va Vengriya — Malta uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi Shaxmat olimpiadasi ochilish marosimi qanday o‘tgani haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek