Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

eʼlon qilindi
Inflyatsiya pasaymoqda, ammo xavflar saqlanib qolmoqda
Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
Foto: MB

Markaziy bank 16-sentabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgartirmaslikka qaror qildi. Bank buni inflyatsiya pasayayotganiga qaramay, narxlar o‘sishini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan xavflar saqlanib qolayotgani bilan izohladi.

«Inflyatsiyaning pasayish tendensiyasi davom etayotgan va iqtisodiyotda ayrim muvozanatlashuv belgilari kuzatilayotgan boʻlsa-da, inflyatsiyani oshiruvchi ayrim xatarlarning saqlanib qolayotgani joriy qatʼiy pul-kredit sharoitlarini davom ettirishni taqozo etmoqda», — deyiladi regulyator izohida.

Avgust oyida yillik inflyatsiya 6,2 foizgacha sekinlashgan. Bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foiz atrofida shakllangan. Markaziy bank saytida ham joriy asosiy stavka 14 foiz ekani ko‘rsatilgan.

Inflyatsiya pasaymoqda, ammo xavflar saqlanib qolmoqda

Markaziy bank bahosiga ko‘ra, umumiy inflyatsiya pasayishda davom etmoqda. Shu bilan birga, narxi yiliga 5 foizdan yuqori oshayotgan tovar va xizmatlar ulushi ortayotgani iqtisodiyotda narx bosimi hali to‘liq yo‘qolmaganini ko‘rsatmoqda.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari ham pasaymoqda, biroq bu jarayon umumiy inflyatsiyaga qaraganda sekinroq kechmoqda.

Kreditlar o‘sishi sekinlashmoqda

Chakana savdo, xizmatlar va investitsiyalardagi faollik ichki talab yuqori bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, qat’iy pul-kredit sharoitlari ta’sirida kreditlash sur’atlari asta-sekin me’yorlashmoqda. Ijobiy real foiz stavkalari esa aholining pul jamg‘arishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek o‘qing: 15-sentabrdan dollar va boshqa valyuta kurslarini belgilash tartibi o‘zgardi

Tashqi bozorlardagi narxlar ham xavf tug‘dirmoqda

Jahon bozorlarida xomashyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori bo‘lib qolishi import, transport va logistika xarajatlari orqali O‘zbekistondagi narxlarga bosim qilishi mumkin.

Boshqa tomondan, so‘mning real samarali almashuv kursi mustahkamlanayotgani import inflyatsiyasini yumshatuvchi omil sifatida baholanmoqda.

Markaziy bank 5 foizlik inflyatsiya maqsadini saqlab qolmoqda

Regulyator 2027-yil oxirigacha inflyatsiyani 5 foizlik targetga tushirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishini bildirdi.

Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 28-oktabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, banklarda ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zaxira shakllantirish tartibi belgilandi. Yangi tartib banklar, mikromoliya banklari hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga ham tatbiq etiladi.

Hujjatga ko‘ra, bank aktivlari «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarga ajratiladi. Ular bo‘yicha mos ravishda 1, 10, 25, 50 va 100% miqdorida zaxira shakllantiriladi.

Shuningdek