Rossiya neftini xarid qiluvchi davlatlarga AQSh 100 foizgacha boj joriy etishi mumkin

AQShda Rossiya nefti va gazini xarid qilishda davom etayotgan davlatlarga nisbatan 100 foizgacha boj joriy etish imkonini beruvchi yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda DW xabar berdi.
Hujjat qabul qilinsa, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya energetika mahsulotlarini import qilayotgan davlatlarga nisbatan yuqori tariflar belgilash vakolatiga ega bo‘lishi mumkin. Eng katta ta’sirga uchrashi mumkin bo‘lgan mamlakatlardan biri Hindiston ekani qayd etilmoqda.
Hindiston Rossiya neftining yirik xaridorlaridan biri
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi energetika aloqalari sezilarli darajada kuchaydi.
Bu jarayonda, ayniqsa, Rossiya neftining Hindistonga eksporti muhim rol o‘ynadi. DW ma’lumotiga ko‘ra, aynan shu sabab AQShdagi yangi tashabbus Hindiston iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yangi qonun Trampga qo‘shimcha vakolat berishi mumkin
Qonun loyihasi Rossiya energiya resurslarini sotib olayotgan davlatlarga nisbatan 100 foizgacha tarif qo‘llash imkoniyatini nazarda tutadi.
Biroq hozircha bu choralar kuchga kirgani yo‘q. Gap AQSh prezidentiga bunday tariflarni joriy etish vakolatini berishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasi haqida bormoqda.
Avvalroq «Kursiv» Rossiyadan 100 mingga yaqin migrantlar quvilgani haqida yozgan edi.