Dollar yana oshdi: 17-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

17-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
10-sentabr kuni 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘m bo‘lgan edi. 11-sentabr kuni 14,45 so‘mga tushib, 11 783,47 so‘mni, 14-sentabr kuni 17,71 so‘mga tushib, 11 765,76 so‘mni, 15-sentabrda esa 0,55 so‘mga tushib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi. 16-sentabr kuni 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mga tenglashdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida ham oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 20,11 so‘mga oshib, 13 608,37 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,6 so‘mga tushib, 139,77 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 16-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.