Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i ushlandi
Foto: Departament

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i firibgarlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Departament xabar bermoqda.

Savdo-sanoat palatasining Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i fuqaroga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgani aytilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mansabdor ushbu vaj bilan firibgarlik yo‘li orqali 5 mln so‘m olgan. U mazkur pulni unga qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 31 sotix yer uchun 9,5 ming dollar so‘raganlar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek