Shayxontohurda yangi bog‘ barpo etiladi

eʼlon qilindi
Oilaviy dam olish uchun sharoit yaratiladi
Shayxontohurda yangi bog‘ barpo etiladi
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Toshkentning Shayxontohur tumanida yangi istirohat bog‘i tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva loyiha hududini ko‘zdan kechirib, poytaxtda yashil maskanlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Yangi bog‘da ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar, sayr va sport uchun hududlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Oilaviy dam olish uchun sharoit yaratiladi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, yangi istirohat bog‘ida oilalar va bolalar bilan dam olish, sayr qilish hamda sport bilan shug‘ullanish uchun qulayliklar yaratiladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

U Toshkentning issiq iqlimi sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir qilishini aytdi.

Bunday bog‘larni barcha tumanlarda tashkil etish taklif qilindi

Saida Mirziyoyeva poytaxtning barcha tumanlarida shunga o‘xshash yashil maskanlar bo‘lishi kerakligini bildirdi.

«Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur», – dedi u.

Uning ta’kidlashicha, yashil hududlarni kengaytirish Toshkentni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek