Makkaga hujum: O‘zbekiston husiylarni qoraladi

eʼlon qilindi
TIV Saudiya Arabistoni bilan to‘liq birdamligini bildirdi
Foto: Haberler.com

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparati yordamidagi hujumga urinishni qat’iyan qoraladi. Bu haqda TIV 17-sentabr kuni bayonot berdi

O‘zbekiston Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatladi

TIV Saudiya Arabistoni bilan to‘liq birdamligini bildirdi. Vazirlik muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni nomaqbul deb baholadi.

TIV tomonlarni vazminlikka chaqirdi

O‘zbekiston barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga va xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Shuningdek, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligi ta’kidlandi.

TIV keskinlikni kamaytirish, mojaroning yanada tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq Yaman husiylari Saudiya Arabistonining janubidagi Xamis-Mushayt shahridagi harbiy aviabazaga o‘nlab raketa va dronlar bilan hujum qilgandi. Zarbalarda 13 nafar tinch aholi vakili jarohatlangandi.

Shuningdek