O‘zbekistonda 18-sentabr kuni havo 37 darajagacha isiydi

eʼlon qilindi
Eng issiq hududlarda +37 darajagacha
O‘zbekistonda 18-sentabr kuni havo 37 darajagacha isiydi
Foto: Pexels

18-sentabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz va iliq ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat +16…+18, kunduzi esa +31…+33 darajani tashkil etadi.

Eng issiq hududlarda +37 darajagacha

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi +15…+20 daraja, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +13…+18, kunduzi +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi +12…+17, kunduzi +29…+34 daraja kuzatiladi.

Vodiyda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi harorat +13…+18, kunduzi +29…+34 darajani tashkil etadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi +13…+18, kunduzi +29…+34 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo nisbatan salqin: kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 daraja kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 17-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek