Ohangaronda MChJ rahbari 83,5 ming dollar olayotganda ushlandi

eʼlon qilindi
Tergov harakatlari davom etmoqda
Ohangaronda MCHJ rahbari $83,5 ming olayotganda ushlandi
Foto: DXX

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida qurilish ishlari bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bosh pudratchi hisoblangan MChJ rahbari yordamchi pudratchidan $83,5 ming talab qilgan.

Ma’lum qilinishicha, tumanda faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan parrandachilik fabrikasi qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan MChJ joriy yil aprel oyida obyektning ichki yo‘llarini asfaltlash uchun boshqa MChJ bilan 3,7 mlrd so‘mlik shartnoma tuzgan.

1,2 mlrd so‘m to‘lanmay qolgan

Shartnomada ko‘zda tutilgan ishlar bajarilgach, bosh pudratchi yordamchi pudratchi hisob raqamiga 2,5 mlrd so‘m o‘tkazib bergan. Qolgan 1,2 mlrd so‘m esa to‘lanmay, jarayon cho‘zib kelingan.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, bosh pudratchi MChJ rahbari asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib bergani va qolgan 1,2 mlrd so‘mni to‘lab berishi evaziga uning ta’sischisidan jami $83,5 ming talab qilgan.

Pulni olayotganda qo‘lga olindi

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida MChJ rahbari talab qilingan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Antaliyaga fohishalik uchun yuborilayotgan ikki qiz yo‘lda to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek