Ota-onalar farzandining maktabdagi baholarini onlayn ko‘rishi mumkin

eʼlon qilindi
Maktab haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi
Ota-onalar farzandining maktabdagi baholarini onlayn ko‘rishi mumkin
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali maktabda o‘qiyotgan farzandining baholari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni masofadan turib ko‘rishi mumkin. Yaqin vaqt ichida davomatni ham real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Yangi imkoniyat orqali ota-onalar farzandining har bir fan bo‘yicha joriy baholari va o‘rtacha ko‘rsatkichlarini ko‘rishi mumkin.

Maktab haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi

Portalda sinfga oid va umumiy baholar statistikasi bilan birga farzand tahsil olayotgan maktab haqida ham ma’lumot olish mumkin.

Jumladan, ta’lim muassasasining nomi va manzili, maktabdagi o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar soni va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, o‘qing: Maktab darsliklari yangi alifboga qachon o‘tadi va qancha mablag‘ ketadi

Ma’lumotlarni qanday ko‘rish mumkin

Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib, shaxsiy kabinetdagi «Mening oilam» bo‘limini ochish kerak. Shundan so‘ng farzand haqidagi ma’lumotlar yonidagi «Maktab ma’lumotlari» tugmasi orqali kerakli ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Shuningdek, portalda yaqin vaqt ichida farzandlarning maktabdagi davomatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati ham ishga tushirilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek