Raqobat qo‘mitasi Transport vazirligidan reyslar kechikishi uchun kompensatsiya joriy etishni so‘radi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Aviakompaniyalar bo‘yicha 270 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Foto: Ales Ivanuk

Raqobat qo‘mitasi aviakompaniya aybi bilan reyslar kechikkanida yo‘lovchilarga pul kompensatsiyasi to‘lash tartibini belgilash bo‘yicha Transport vazirligiga bir necha ko‘rsatma berdi. Hozirda aviayo‘lovchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, qo‘mita Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi C6302 reysi uch soatdan ortiq kechikkani yuzasidan o‘rganish boshladi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Qo‘mita reys kechikishi vaqtida yo‘lovchilarga zarur axborot va tegishli xizmatlar ko‘rsatilgan-ko‘rsatilmaganini, shuningdek, iste’molchilar huquqlari qay darajada ta’minlanganini tekshirmoqda.

Qonun buzilishi aniqlansa, choralar ko‘riladi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘rganish natijasida qonun buzilishi holatlari aniqlansa, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Aviatashuv xizmatlarida iste’molchilar huquqlari buzilgan deb hisoblagan fuqarolar qo‘mitaning 1159 qisqa raqamiga murojaat qilishi mumkin.

Aviakompaniyalar bo‘yicha 270 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, shu kungacha Centrum Air va boshqa aviakompaniyalar xizmatlaridan norozilik bo‘yicha 270 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.

Shuningdek, aviakompaniya aybi bilan reys kechiksa yoki yo‘lovchi belgilangan manzilga kech yetkazilsa, unga pul kompensatsiyasi to‘lash tartibini joriy etish bo‘yicha Transport vazirligiga bir necha ko‘rsatmalar berilgan.

Hozirda aviayo‘lovchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Qo‘mita mazkur holat bo‘yicha o‘rganish yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita aviareyslar kechikkanda to‘lanadigan kompensatsiyalarni o‘rganayotgani haqida xabar berilgandi. 2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 barobar oshib, 300 tadan ortiqni tashkil etdi.

Shuningdek