Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi

19 – 20-sentabr kunlari O‘zbekiston hududida, asosan, kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat yakshanba kuni Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
19-sentabr kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati 17–20 daraja, kunduzi 31–34 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy va cho‘l hududlarda harorat 35–37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu sentabr oyining ikkinchi yarmi uchun xos iqlimiy me’yordan 2 – 4 darajaga yuqori.
Yakshanba kuni harorat pasayadi
20-sentabr kuni janubiy viloyatlardan tashqari hududlarda bulutlilik kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 2-3 darajaga pasayadi.
Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shuningdek, cho‘l va tog‘li hududlarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.
Shuningdek, o‘qing: 2026-yilning avgusti tarixdagi eng issiq oy bo‘ldi
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Poytaxtda 19 – 20-sentabr kunlari havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19-sentabr kuni harorat kunduzi 32–34 daraja, 20-sentabrda esa 30–32 darajani tashkil etadi. Kechasi 18–20 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3 – 8 metr/sekund tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yil sentabr oyida ob-havo nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.