Dollar oshdi: 19-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

19-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 6,22 so‘mga oshib, 11 839,59 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
14-sentabr kuni 17,71 so‘mga tushib, 11 765,76 so‘mni, 15-sentabrda esa 0,55 so‘mga tushib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi. 16-sentabr kuni 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mga, 17-sentabr kuni 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mga, 18-sentabr kuni esa 35,91 so‘mga oshib, 11 833,37 so‘mga tenglashdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 8,26 so‘mga tushib, 13 569,35 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,63 so‘mga oshib, 140,42 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari, shu jumladan, shanba va yakshanba kunlari uchun oxirgi ish kuni bo‘yicha rasmiy eʼlon qilingan kurslardan foydalanish amaliyotiga oʻtildi.
Avvalroq «Kursiv» 18-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.