O‘zbekistonda 20-sentabr kuni havo 32 darajagacha isiydi
eʼlon qilindi
Tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

20-sentabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 27–32 daraja iliq bo‘ladi. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Poytaxtda kun davomida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi 3–8 metr/sekundni tashkil etadi. Toshkentda havo harorati 29–31 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim hududlarda esa 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Tog‘larda harorat 22–27 daraja bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» 18-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.