Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada xalqaro qidiruvda bo‘lgan S.A. qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. U kredit mablag‘larini o‘zlashtirish orqali Davlat budjetiga 5 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, S.A. ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Uning harakatlari oqibatida Davlat budjetiga jami 5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aytilmoqda.
S.A. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Shuningdek, o‘qing: Parijda o‘g‘irlanganini da’vo qilgan o‘zbekistonlik moliyachi qidiruvga berildi
Tergov davom ettiriladi
O‘zbekistonga qaytarilgan shaxs tegishli tergov va protsessual harakatlarni davom ettirish uchun vakolatli organlarga topshirilgan.
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha hamkorlikni davom ettirayotgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bankir Mo‘minjon Yo‘ldoshev Interpol qidiruviga berilgandi.