O‘zbekiston va Oksford universitetlari o‘rtasida memorandum imzolandi

eʼlon qilindi
Qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Oksford universitetlari o‘rtasida memorandum imzolandi
Foto: «Dunyo» AA

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Oksford universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va akademik almashinuvni rivojlantirishni nazarda tutadi.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, memorandum Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida imzolangan.

Qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘lga qo‘yiladi

Kelishuv doirasida zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va innovatsion texnologiyalarni ta’lim hamda ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida sun’iy intellekt, materialshunoslik, mashinasozlik, mexanika muhandisligi va resurstejamkor texnologiyalar belgilangan.

Talabalar Oksfordda qisqa muddatli kurslarda qatnashishi mumkin

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda amaliy magistratura tizimi joriy etiladi

Memorandum asosida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalarini Oksford universitetida qisqa muddatli o‘quv kurslari va stajirovkalarga yuborish imkoniyatlari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, ikki universitet o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya Buyuk Britaniyada muzokaralar o‘tkazdi

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Oksford universiteti vakillari hamda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Muzokaralarda konchilik, texnologik ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qituvchilar farzandlariga kontrakt uchun 30 foiz chegirma berilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek