Hafta davomida yomg‘ir yog‘adimi

eʼlon qilindi
Harorat 27–32 daraja atrofida bo‘ladi
8-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda ushbu ish haftasi davomida asosan iliq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda hamda 24–25-sentabr kunlari Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Respublikaning katta qismida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Harorat 27–32 daraja atrofida bo‘ladi

Hafta davomida havo harorati kechalari 13–18 daraja, kunduz kunlari esa 27–32 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Janubiy hududlarda kunduzgi harorat 35–37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.

Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

24–25-sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, respublikaning ayrim tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Poytaxtda hafta davomida havo biroz bulutli va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechalari 15–18 daraja, kunduz kunlari 29–32 daraja bo‘ladi. 25-sentabr kuni kunduzgi harorat 27–29 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yil sentabr oyida ob-havo nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek