Buxoroda 832 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Yetkazilgan zarar 832 mln so‘mga baholandi
Foto: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati

Buxoro shahrida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Yetkazilgan zarar 832 mln so‘mga baholandi.

«O‘zenergoinspeksiya» ma’lumotiga ko‘ra, nazorat tadbiri davomida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli noturar bino elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 832 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Avvalroq Kursiv Andijon viloyatida 400 mln so‘mlik elektr energiyasi qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan shaxsning ushlanganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek