Surxondaryoda tumani sanitariya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
Surxondaryoda tuman sanitariya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Foto: Departament

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtda ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbariga 42 nafar xodim uchun sanitariya sertifikatlarini berishni va’da qilgani aytilmoqda.

2,1 mln so‘m olayotganda ushlandi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lim boshlig‘i ushbu xizmat evaziga 2,1 mln so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi – pora olish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxoroda 832 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek